Кислород (лотинча Oxygenium, юнонча oxys — nordon va gennao тўғмоқ), O — Менделеев даврий системасининг VI-гуруҳига мансуб кимёвий элемент. Тартиб рақами 8, атом массаси — 15,9994. Илк бор швед кимёгари К. Шейеле (1771) селитра (KNO3, NaNO3)HH, марганец қўш оксид (MpO2)ни ва инглиз кимёгари Ж. Пристли (1774) симоб оксид (HgO)HH, сурик (R^O^ni қиздириши натижасида бир-биридан мустақил мустақил ҳолда ажратиб олишган. 1775 йилда А. Лавуазье ҳаво азот ва кислороддан иборат эканлигини аниқлади. Кислоталар таркибида кислород борлигидан Лавуазье уни  oxygen, яъни «кислота ҳосил қилувчи» деб атади. Кислород табиатда энг кўп тарқалган элемент. Массаси жиҳатидан Ер пўстининг 47% ини, сувнинг 85,82% ни, атмосфера ҳавосининг 23,10% ини (ҳажм жиҳатдан 20,95% ни) ташкил қилади. Кислород жуда кўп (1400 тача) минерал ҳосил қилади. Тирик организмларда 70% атрофида кислород бор; у кўпгина органик (оқсиллар, ёғлар, углеводлар) ва анорганик бирикмалар таркибига киради. Физиологик жараёнларда, айниқса, нафас олишда жуда муҳим рол ўйнайди. Одам организми тинч турганда суткасига 300 л, жисмоний иш қилганда 10—15 марта кўп кислород сарф қилади. Сарфланган кислород миқдорини яшил ўсимликлар тиклаб туради. Кислород ёниш; ачиш; чириш жараёнларида иштирок этади; масалан, ёқилғиларнинг ёниши учун бутун дунёда ҳар йили 9-10 тонна кислород сарф бўлади.

Кислороднинг 3 баробар изотопи бор: |6O(99,759%), |7O(0,037%), |8O(0,204%). Кислород атомининг atomining электрон қавати 2 ички ва 6 ташқи электронлардан иборат бўлиб, 2s22p4 кўринишида ифодаланади. Кислород атомининг ташқи қавати тўлиқ бўлмагани учун кимёвий бирикмаларда кислород атоми бошқа атомлардан электронлар қабул қилиб, манфий зарядли бўлиб қолади. Кислороднинг электрон йўқотадиган бирикмалари жуда кам. Кислород молекуласи 2 атом O2 дан иборат; ҳавога ёки кислороднинг ўзига электр учқунлари таъсир эттирилганда молекуласи 3 atom кислороддан иборат озон (O3) ҳосил бўлади. Кислород иони O2 нинг радиуси 0,121 nm(2), 0,124 nm(4), 0,126 nm(6) va 0,128 nm(8). Кислород молекуласи 1500° да тўлиқ диссоцияланади.

Физик ҳоссалари

Кислород рангсиз, ҳидсиз ва таъмсиз газдир: — 182,9° да зичлиги 1,14 г/см3 бўлган ҳаворанг суюқликка айланади, — 218,7° температурада эса қотиб, кўк кристалл ҳосил қилади. кристалл ҳолдаги кислород бир нечта модиқикацияга (a, fS, u — шакл ўзгаришига) эга. Газ ҳолатидаги кислороднинг зичлиги (0° ва нормал босимда) 1,42897 g/l. Кислород 1  м3  сувда (20° ва 1атмда) 0,031 m\ 0° да эса 0,049 м3 , этанолда 0,2201 м3 , ацетонда 0,2313 м3 эрийди.

кимёвий ҳоссалари

K. eng faol (ftordan keyin) metallmas element, yengil inert gazlardan boshqa hamma elementlar bilan kimyoviy birikmalar hosil qiladi. Ko’p elementlar bilan bevosita reaksiyaga kirishadi; og’ir inert gazlar, galogenlar, oltin va platina bundan mustasno. K. boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishganda — oksidlanish reaksiyalarida issiqlik ajraladi (ekzotermik reaksiya). Odatdagi t-rada K. vodorod bilan nihoyatda sekin reaksiyaga kirishadi, 550° da esa reaksiya portlash bilan davom etadi: 2N2+O2=2N2O. Oltingugurt, uglerod, azot, fosfor bilan normal sharoitda juda sekin reaksiyaga kirishadi. T-ra oshirilganda reaksiya tezlashadi, element qizigach, yona boshlaydi. K.ning azot bilan reaksiyasi endotermik (issiqlik yutilishi bilan boradigan) reaksiya bo’lib, faqat 1200° da amalga oshadi. K. deyarli hamma metallarni, ayniqsa, ishqoriy va ishqoriy-yer metallarini oson oksidlaydi. K.ning moddalar bilan reaksiyaga kirishishida suv muhim rol o’ynaydi. Mac, kaliy o’ta faol metall bo’lishiga qaramay, suvsiz sharoitda (quruq) K. bilan reaksiyaga kirishmaydi, lekin ozgina suv bug’lari ta’sirida odatdagi t-rada kaliy K.da yona boshlaydi. K. metallarni oksidlab, korroziyaga sabab bo’ladi. Ba’zi metall oksidlari K. bilan birikib, peroksid birikmalarni beradi. Katalizator ishtirokida ammiakning K. bilan oksidlanishidan azot (P)-oksid (NO2) hosil bo’ladi (nitrat kislota ishlab chiqarishda shu jarayondan foydalaniladi). Muhim issiqlik manbai — uglevodorodlar (tabiiy gaz, benzin, kerosin) ning K.da yonishi sanoat va turmushda katta ahamiyatga ega. Hujayralarda oziq moddalarning K. bilan oksidlanishi tirik organizmlar uchun energiya manbaidir.

K. olishda: kimyoviy, elektroliz va fizik (havoni parchalash) usullaridan foydalaniladi. Kimyoviy usul ancha ilgari kashf qilingan. Bunda Bertole to’zi (KSGO3) qizdirilganda parchalanib, toza kislorod O2 (1 kg to’zdan 0,27 m3) ajralib chiqadi. Bu usulda olingan K.ning tannarxi qimmat va kam samarali bo’lgani uchun faqat lab. da qo’llaniladi. Elektroliz usulida suvdan o’zgarmas elektr toki o’tkaziladi. Elektr o’tkazuvchanlikni oshirish uchun suvga o’yuvchi natriy (NaOH) eritmasi qo’shiladi. Bunda suv kislorod va vodorodga parchalanadi. Fizikaviy usul. K. hozirgi vaqtda, asosan, havoni parchalash yo’li bilan olinadi. Gazsimon havoni parchalash juda qiyin, shuning uchun uni o’ta sovitib (—180°) suyultirish, so’ngra tarkibiy qismlarga ajratish kerak. Dastlab azot, keyin K. bug’lanib chiqadi. Havoni membrana — to’siqdan saralabo’tkazish (diffuziya) usuli bilan ham lab.da K. olish mumkin. Sanoatda texnologik (92—98% O2), texnik (1-nav 99,7% O2, 2-nav 99,5% O2 va 3-nav 99,2% O,) va suyuq (99,7% O2) K. ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, davo muolajalari uchun (tibbiy K. 99,5% O,) maxsus K. ishlab chiqariladi. Gazsimon K. po’lat ballon va ressiverlarda 150 yoki 420 atm. bosim ostida, suyuq K. metalldan yasalgan Dyuar idishlari yoki maxsus sisterna-tanklarda tashiladi va saqlanadi.

Metallurgiyada (q. Konverter, Kislorod bilan kesish va b.) va metallarni gaz alangasi bilan ishlash jarayonida payvandlash, sirt (yuza)ni toblash, shuningdek, aviatsiya, suv osti kemalarida texnik K. ishlatiladi. Texnologik K. esa kimyo sanoatida sun’iy suyuq yoqilg’i, surkov moylari, nitrat va sulfat kislota, metanol, ammiak va ammiakli o’g’itlar, metall peroksidlari olishda qo’llaniladi. Suyuq K. portlatish ishlarida, reaktiv dvigatellarda va sovituvchi vosita sifatida lab.larda ishlatiladi. Sof K. katta balandliklarda, kosmik parvoz paytida, suv ostida nafas olish uchun va tibbiyotda davolash maqsadida (q. Kislorod bilan davolash) qo’laniladi.


- *.mp4 форматида юклаб олиш (240 P) — 5.0 Mb
- *.mp4 форматида юклаб олиш (360 P)  — 5.8 Mb
-  *.mp4 форматида юклаб олиш (480 P) — 6.4 Mb
P.S. Ushbu videoni yuklab olish uchun Download Master dasturini ishlatish tavsiya etiladi.
Author

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

*